Latest posts.

“Navoiy ziyosi, shoh va shoir bobomiz”

Shahrisabz tumanXTBga qarashli 31-umumiy o’rta                       ta’lim maktabining  boshlang‘ich  sinf    o‘qituvchisi  M.Boqiyening  3B-sinf  o‘quvchilari ishtirokida

A.Navoiy  tavalludining  578 yilligi,

Z.M.Bobur tavalludining  536yilligi

 munosabati bilan

“Navoiy  ziyosi, 

 shoh  va  shoir   bobomiz”

  nomli  tadbir

BAYONNOMASI

 

 

 

 

 

 

Shahrisabz tumanXTBga qarashli 31-umumiy o’rta   ta’lim maktabining  boshlang‘ich  sinf    o‘qituvchisi  M.Boqiyening  3B-sinf  o‘quvchilari ishtirokida  A.Navoiy  tavalludining  578 yilligi,  . More… »

DARS ISHLANMASI

Shahrisabz tuman xalq ta’limi   bo‘limiga  qarashli                     31-umumiy   o’rta  ta’lim  maktabining  boshlang‘ich sinf   o‘qituvchisi     Boqiyeva  Maqsudaning   boshlang‘ich  ta’lim                           metod  birlashmasiga    4A-sinfda  tarbiyaviy soatdan

 

         “ Xavfli holatning yuzaga kelishi oqibatlari  ”

 

  mavzusida   tayyorlagan

 

 DARS ISHLANMASI  

 

 

 

 

Shahrisabz

 

 

 

 

Mavzu: Xavfli holatning yuzaga kelishi oqibatlari

 Dars maqsadi

 1) Ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga xavfli holatlarning yuzaga kelishi va uning o’qibatlari haqida misollar orqali tushuncha berish;

2) Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mamlakat tinchligi, yurt farovonligi va Vatan ravnaqiga hissa qo’shishga o’rgatish, favqulotda vaziyatlarda yuzaga kelgan holatlarga birinchi yordam ko’rsatishga o’rgatish;

3)Rivojlantiruvch maqsad: o’quvchilarni o’zi ko’rgan voqea-hodisalarga e’tiborli bo’lib ulardan tegishli xulosalar chiqarishga o’rgatish.

 

Dars usuli:  “suhbat”, “bahs-munozara”,

Dars jihozi: turli texnik qoidalarning buzilishi, odamlarning  o’z ishiga loqaydligi oqibatida sodir bo’ladigan xavfli holatlar tasvirlangan lavhalar/

Darsning borishi

Tashkiliy davr: a) Salomlashish;

  1. b) Davomatni aniqlash;
  2. c) Tozalikni nazorat qilish;
  3. d) O’quvchilarni dars boshlashga tayyorlash;

O’tilgan mavzuni so’rash:

1.Xavfli holat nima?

  1. Xavfsiz yashash nima degani?

3.Turmushda uchraydigan xavfli holatlar haqida so’z yuriting.

Yangi mavzu bayoni:

Xavfsiz yashash deganda hayotda uchrashi mumkin bo’l;gan ko’ngilsiz voqealardan xoli, barqaror, tinch yashash tushuniladi. Xavfli holat esa odamlarning sog‘lig‘I, va hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar tushuniladi. Xavf uyda, ko’chada, yo’lda, sayohatga chiqqanda uchrashi  mumkin.

Inson doimo yashash sharoitini yaxshilashga intiladi. Isitish moslamalari, quduqlar, oziq-ovqatlarni saqlash omborlari, elektr asboblari, gaz uskunalari ana shu maqsadda yaratilgan. Mashinalar, zavodlar, murakkab mexanizmlar, umuman, inson tafakkuri mahsuli bo’lmish barcha ixtirolar turmush ni yaxshilash, qulaylik yaratishga mo’ljallangan. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor: ehtiyotsizlik va noto‘g ‘ri foydalanish natijasida foydalanish natijasida bu moslamalar inson hayotiga xavf-xatar tug’dirishi va hatto, turli falokatlarga olib kelishi mumkin.

Inson hayotga xavf soluvchi manbalarning qamrovi bu bilan cheklanmaydi. Bu manbalarning qamrovi keng  bo ‘lib, tabiiy ofatlar, ( qor ko’chkisi, suv toshqini, zilzila va boshqalar), turli jonivorlar, kasallik tarqatuvchi  mikroblar va hatto, insonlarning bir-biriga yetkazadigan  turli zarar va tan jarohatlarini o’z ichiga oladi. Ana shunday ko’ngilsiz hodisalarning oldini olish va oqibatlarini bartarf  qilish uchun qutqaruv  xizmatlari tashkil etilgan va ular  doimiy xavfsiz  hayotni  ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Hayotda noxush vaziyat va falokatlar, odatda,quyidagi holatlar natijasida sodir bo’ladi.

  1. Gaz moslamasidan noto‘g‘ri foydalanganda;
  2. Ishlab turgan gaz asbobdalarini qarovsiz qoldirganda;
  3. Gaz qurilmasi tepasida kiyimlarni quritganda;
  4. Turmushda ishlatiladigan ish buyumlaridan noto ‘g ‘ri foydalanganda;
  5. Elektr asoboblari nosozligidan;
  6. Elektr asboblari: choynak, dazmol va boshqalar tokka ulangan holda qoldirilganda;
  7. Yo ‘l qoidalariga rioya qilmaslik natijasida
  8. Tabiat qo‘ynida dam olayotganda yo ‘l qo ‘yilgan xatolar oqibatida
  9. Yosh bolalar olov bilan o ‘ynaganlarida;
  10. Taqiqlangan joylarda   cho ‘milganda ;
  11. Uy hayvonlariga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo ‘lganda.

Xavfli holat yuzga kelishiu o’qibatida favqulotda vaziyatlar vujudga keladi. Favqulotda  vaziyat, ko ‘pincha  tabiiy ofatlar, odamlarning ehtiyotsizligi o’qibatida vujudga keladi va katta yo’qotishlarga sabab bo ‘ladi.

Turmushda har qadmda, har lahzada turli-tuman baxtsiz hodisalar to’satdan ro ‘y berishi mumkin. Shuning uchun  ham xalqimiz, falokat qosh bilan har doim, hamma joyda ziyrak,   hushyor ogoh bo ‘lishimiz talab etiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Mavzuga doir bir qancha savollardan foydalanib yangi mavzu mustahkamlanadi.

1.Xavfsizlik  nima?

2.Xavfli holat deganda nimani tushunasiz?

3.Xavfli holat oqibatlari  haqida so’zlab bering.

 

Klaster usulidan foydalangib xavfli holatni yuzaga kelish sabablarini ko ‘rsating

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘quvchilarni baholash :

Dars davomida faol ishtirok etgan o ‘quvchilar guruhlari    rag ‘batlantirilib, baholanadi.

Uyga vazifa berish:

Xavfli holatning yuzaga kelishi oqibatlari haqida daftarga yozib kelish, doim hushyor, ogoh bo ‘lishga harakat qilish;